Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Samarqand viloyat boʻlinmasi boshligʻi D.Malikov, Toyloq tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Xamrayev, tuman Kengashi deputatlari D.Ulug'boyeva, N.Muminova, A.Usmonovlar hamda tegishli mas’ullar ishtirokida “Joylarda saqlanib qolayotgan muammolar”ni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'rish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, ijtimoiy ahvolini yaxshilashda ko'maklashish, ijtimoiy soha obyektlaridagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy ko'mak berish vazifalari belgilab olindi.