35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xayrillo Turdiyev tomonidan saylovchilar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotga yuborildi.

O‘rganishlar davomida Gulobod mahallasining Oqsaroy ko‘chasida elektr uzatish tarmog‘idagi katta kuchlanish sabab ayrim yog‘och elektr ustunlari yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.

Mazkur holat elektr ta’minotining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, aholi xavfsizligi nuqtai nazaridan ham dolzarb masala hisoblanadi.

Shu munosabat bilan deputat Xayrillo Turdiyev tomonidan mas’ul elektr ta’minoti tashkilotiga yaroqsiz yog‘och ustunlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni zamonaviy va xavfsiz tayanchlarga almashtirish hamda elektr tarmog‘ini texnik jihatdan ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur murojaat ijrosi deputat nazoratiga olinib, amalga oshiriladigan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan saylovchilarga qo‘shimcha axborot berib boriladi.