📆 Kuni kecha “Dehqonobod” mahallasida deputat M.Yunusovning aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvi va sayyor qabuli bo‘lib o‘tgan edi.
📝 Muloqot davomida shu mahallada yashovchi, 1-guruh nogironi X.Mamadaliyev harakatlanishga qiynalayotgani sababli amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Inson qadrini ulug‘lash tamoyiliga asosan, ushbu murojaat deputat tomonidan darhol nazoratga olinib, tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.
⌛️ Shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G.Dadamatovaning yordami va Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati xodimi I.Omanboyevning tezkor sa’y-harakatlari bilan qisqa fursatda nogironlik aravachasi topildi hamda hududiy deputat M.Yunusov hamrohligida fuqaroning xonadoniga borib, o‘z egasiga topshirildi.