#deputat nazorati
🚌 Aholi manfaatlari yoʻlida: Nurafshonda yangi va zamonaviy avtobus yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan ularning holati qatnovi deputat nazoratida.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
"Bobur" mahallasida joylashgan jamoat transporti parki faoliyati hamda yangi yoʻnalishlarning tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Mazkur nazorat va oʻrganish tadbiri hudud deputati Gulamov Otabekning vakili sifatida shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev tomonidan tashkil etildi.
✨ Oʻrganish davomida barcha zamonaviy sharoitlar va qulayliklar bilan jihozlangan yangi avtobuslarning qatnov yoʻnalishlari tahlil qilindi. Unga koʻra, yangi jamoat transporti vositalari shahardagi "2"-yo'nalish bilan mahallasi ichki koʻchalari orqali harakatlanishi belgilangan.
Deputat jamoasi va Kotibiyat tomonidan aholi farovonligini taʼminlash bilan bogʻliq bu kabi oʻrganishlar va amaliy choralar doimiy ravishda davom ettiriladi.