Yangiliklar

“Og‘ir toifa”dagi mahallada amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev hamda kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan “og‘ir toifa”ga kiritilgan “Baymurzayev” mahallasida amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ichki ko‘chalarda bajarilayotgan asfalt qoplamasining sifati, qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiqligi, ishlatilayotgan materiallar, yo‘l asosining tayyorlanganlik darajasi va qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahallada harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qurilgan piyodalar yo‘laklarining kengligi, sifati, aholi uchun qulayligi va mavjud muhandislik kommunikatsiyalari bilan uyg‘unligi ham baholandi.

Piyodalar yo‘laklarida fuqarolar, ayniqsa, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6