🏘 Dehqonobod mahalasining ichki ko'chalari ichimlik suv quvurlari xizmatlar holati deputatlar nazoratida.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 7-saylov okrug deputati O'zLidep partiyasi azosi M.Yunosov tomonidan #uylarda_issiq_va_sovuq_suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minotidagi muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:
🔹 Aholini toza ichimlik suvi va issiq suv bilan ta’minlash darajasi, tarmoqlardagi nosozliklarni bartaraf etish holati;
🔹Kommunal sohadagi mavjud muammolar va aholi murojaatlarining ijro etilishi.
Deputatlar bevosita aholi bilan muloqot qilib, kommunal soha mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berishdi.