📝 O‘rganish jarayonida FHDYO bo‘limi mudirasi Shohida Ukiboyeva tomonidan murojaatlar tahlil qilinib, ajrim, tug‘ilish va nikoh masalalari bo‘yicha bir kunda o‘rtacha 65 ta murojaat kelib tushayotgani ma’lum qilindi. Shundan 4 tasi ajrim bilan bog‘liq murojaatlardir.
📊 Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.
✅ O‘rganish yakunida xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va tashkiliy masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.