Yangiliklar

#jamoat_transporti

🚌 Nurafshon shahrida #jamoat_transporti va bekatlar holati o‘rganildi

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Jamoat transportining belgilangan jadval asosida muntazam harakatlanishi;
✅ Avtobus bekatlarining bugungi holati va yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar;
✅ Yo‘l haqi uchun chiptalarni olish va to‘lov tizimlarining qulayligi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun transport logistikasini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3