Yangiliklar

✅ DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Azamat Shermetovich Kalandarov tomonidan Shovot tumani Bo‘ston mahallasi E’tirof ko‘chasidagi 90V099 avtomobil yo‘lining 0–2 km oralig‘ida yuzaga kelgan chuqurlarni ta’mirlash hamda yo‘lning qatnov qismi holatini yaxshilash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
📄 Mazkur deputatlik so‘rovi Shovot tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, murojaatda ko‘rsatilgan muammolar yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
🚜 Natijada:
✅ Bo‘ston mahallasi E’tirof ko‘chasidagi 90V099 avtomobil yo‘lining 0–2 km oralig‘idagi chuqurchalar ta’mirlandi;
✅ Yo‘lning qatnov qismi me’yoriy holatga keltirildi;
✅ Aholi va transport vositalari harakati uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratildi.
🤝 Mazkur natija deputatlik nazoratining amaliy samarasi bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududlardagi dolzarb muammolarni bartaraf etishda deputatlik institutining muhim o‘rni borligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Slide 1 of 6