Yangiliklar

Aholi manfaati — deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida joylarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Umidjon G‘ofurov 29-Shodlik saylov okrugidagi “Nayzaqayrag‘och” MFYda muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy, kommunal hamda infratuzilmaga oid dolzarb masalalari o‘rganildi. Har bir murojaat mahalla yettiligi tomonidan o‘rganilib chiqilishi tushuntirildi.

Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xalq bilan ochiq muloqot qilish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish va aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2