Yangiliklar

#lift_qurilmalarining_ishlashi

🏗 Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 12-saylov okrug deputati A.Abdug'apporov, kotibiyat mudiri K.Umarboyev, Nurafshon shahar "Adolat" SDP partiyasi raisi hamda mahalla yettilig tomonidan Yangiobod MFYda joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolari va ijtimoiy soha ob’ektlaridagi #lift_qurilmalarining_ishlash holati hamda xavfsizlik talablariga javob berishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🖇O‘rganish davomida ayrim ko‘p qavatli uylarda liftlarning muddati o‘tganligi yoki ta’mirtalab ekanligi aniqlanib, ularni qisqa muddatda sozlash va xavfsiz ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mas’ul boshqaruv servis kompaniyalariga hamda soha mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mas'ul mutaxassislar I.Omonboyev, N.Jo'raboyeva.

Slide 1 of 4