Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#DEPUTATLIK_NAZORATI_VA_TAHLILI

#DEPUTATLIK_NAZORATI_VA_TAHLILI

📊 #Mahallalarda_ijtimoiy_xodimlar tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ijtimoiy nafaqalar tayinlanishi holati Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev hamda A.Churatayevalar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi va tahlili qilindi.

🔹 Ijtimoiy xodimlarning "mahallabay" ishlash tizimi tahlil qilinib, yordam haqiqatda muhtojlarga (yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar) yetib borishi nazoratga olindi.

🔹 Nafaqalar va moddiy yordam pullarining o‘z vaqtida, asossiz kechikishlarsiz to‘lanishi shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

🔹 Bevosita muloqot orqali tizimdagi byurokratik to‘siqlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul idoralarga amaliy tavsiyalar berildi.

✅Xulosa: Ushbu nazorat tadbiri hududda ijtimoiy adolatni ta’minlash va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 3