#deputatlik_faoliyati
#Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi
Bugun mahalla faollari — profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va MFY raisi ishtirokida shahar deputati A.Tursunbayev bilan uchrashuv o’tkazildi.
Kun tartibida:
🔹Mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish;
🔹Kelgusida amalga oshiriladigan manzilli chora-tadbirlar;
🔹"Og‘ir" toifadagi oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
🖇Uchrashuv doirasida deputat va mutasaddilar xonadonbay yurib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi. Muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
✅Asosiy e’tibor mahalladagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish va "og‘ir" toifadagi oilalarga ko‘maklashishga qaratildi. Deputat bilan kelgusi rejalar kelishib olindi: maqsad — aholi muammolarini joyida, tezkor va samarali hal etish.