Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov, tuman Kengashi deputati B.Ibodullayev hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi bilan hamkorlikda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Ushbu uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
📖 Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan
“Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
✅ Qonun orqali aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, ularning murojaatlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.