Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

#Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi dehqon bozor faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.

Albatta, aholining turmushi farovon, dasturxoni to‘kin, barakali bo‘lishida bozorlardagi narx-navo va yaratilgan shart-sharoitlar muhim o‘rin egallaydi.

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev shahardagi To'y-tepa mahallasida joylashgan dehqon bozorida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida bozorlardagi veterinariya xizmati ish faoliyati, sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, bozor hududi va atroflarida sanitariya va gigiyenik qoidalarga nechog‘lik amal qilinayotganligi hamda savdo rastalari holatlari ko‘zdan kechirildi.

Shunigdek, bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi yuzasidan tanishib chiqdi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat bozor rahbariyatiga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli o‘z tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 4