🖇#Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati
“Vaqtida tibbiy ko‘rik — sog‘lom kelajak kafolati”
📌 Inson salomatligi jamiyat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Sog‘lom jamiyatni shakllantirish, aholining hayot sifati va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashda profilaktika tadbirlarining o‘rni beqiyosdir.
✅ Shu munosabat bilan, To'y-tepa va Taraqqiyot MFYda saylov okrugidan saylangan deputatlar A.Churatayeva hamda A.Tursunboyevlar bilan birgalikda aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati turli kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichda aniqlash hamda samarali davolash choralarini ko‘rish dolzarb vazifalardan biri hisoblanishi to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi.
Shuningdek, u barcha aholi o‘z salomatligiga befarq bo‘lmaslikka, belgilangan tibbiy ko‘riklarda faol ishtirok etishga chaqirdi.