#Deputat_axboroti
#Deputatlik_faoliyati
Deputat Nuriddin Niyozov tomonidan mahallaga kirish yo‘lining holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yo‘l qoplamasidagi nosozliklar, chuqurliklar, yoritish va xavfsizlik bilan bog‘liq kamchiliklar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga rasmiy ma’lumot berilib, yo‘lni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha murojaat yuborildi.
Shuningdek, mazkur masala ijrosi nazoratga olinib, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilab olindi.