#Deputat_axboroti
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlat, shu bilan birgalikda Madad NNT xodimi N.Niyozov aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda mahalla tizimi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
📌 Tadbirda ishtirokchilarga Prezidentning PF-80-sonli Farmoni, PQ-133-sonli qarori hamda boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Mahalla faollari va aholi bilan ochiq muloqotda, ularning huquqiy muammolari o‘rganildi.