#Deputat_axboroti
#Deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev tomonidan Xalq qabulxonasiga chiqib fuqarolar murojaatlari , hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishga qaratildi.