Yangiliklar

#Deputat_axboroti #Deputatlik_faoliyati

Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. 

   Seminar davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. 

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarboyev hamda deputatlar N. Niyozov va J. Axmedkulov ishtirok etdi. 

Ular tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning taklif va muammolari tinglandi hamda tegishli tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3