Yangiliklar

#Deputat_axboroti #Deputat_qabuli

Deputat tomonidan mahallada fuqarolar qabuli tashkil qilindi. Qabul jarayonida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha o‘rganildi.

 Jumladan, bandlik, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar hamda kundalik turmush bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Deputat Alim Samatovich har bir masalaga shaxsan o'zi jiddiy yondashib har bir murojaat bo‘yicha amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda ayrim masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

 Tadbir davomida uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar bo'yicha fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Ushbu qabul aholining muammolarini joyida aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish, shuningdek, deputat va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 1