Yangiliklar

#jarayon

✅Sessiyada shahar deputatlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

✅Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

👉Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

👉Nurafshon shahri bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish mezonlariga mosligini monitoring qilish to‘g‘risida;

👉Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi huzurida “Xalqparvar” jamoatchilik komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida; 

👉Nurafshon shahrida “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan hududlar hamda yoʻllarni taʼmirlash uchun qoldirilgan zaxira mablagʻlari hisobidan mintaqaviy yoʻllar (ichki koʻchalar) manzilli roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida;

👉boshqa masalalar.

✅Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1