Yangiliklar

#jarayon

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 11-“Maʼrifat” saylov okrugidan saylangan deputati A. Hamidov oʻz saylov okrugida joylashgan mahallalardan birida boʻlib, mahalla yetakchisi va mutasaddilarning ish faoliyatini joyida oʻrgandi.

Tadbirdan asosiy maqsad — “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida har bir boʻgʻinning (hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va boshqalar) vakolatlarini amalga oshirish samaradorligini baholash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish mexanizmlaridagi toʻsiqlarni aniqlashdan iborat boʻldi.

Aholi bilan muloqot sifati: Fuqarolarning muammolari qay darajada oʻz vaqtida eshitilayotgani va hal etilayotgani.

Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish: Mahalladagi ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Moliya va hisobot intizomi: Hokim yordamchisi tomonidan ajratilgan resurslarning oʻz oʻrnida va shaffof ishlatilishi.

Slide 1 of 1