Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 17-“Huriat” saylov okrugidan saylangan deputati N. Niyozov tashabbusi bilan shahar Inson va Ijtimoiy boʻlimi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi — davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilim va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish jarayonlarida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Korrupsiyaning jamiyat rivojlanishi va davlat boshqaruviga solayotgan tahdidlari;
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar va uni oldini olishning huquqiy asoslari;
Davlat xizmatlari koʻrsatishda inson omilini kamaytirish va raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik mexanizmlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.
🌐 Telegram (https://t.me/Nurafshon_XDK) /Instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_nurafshon_sh?igsh=d214Y24wcWt6OWI5) /Facebook/ (https://www.facebook.com/profile.php?id=61554190746410&mibextid=ZbWKwL)
https://kengash.gov.uz/nurafshon