Yangiliklar

DAVLAT TILI BUTUN JAMIYATNI YAGONA XALQ SIFATIDA BIRLASHTIRADI

 Milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylik. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlashtirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar osha bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qancha ardoqlasak arziydi. Onajon tilimizni ardoqlash esa ma’naviyatimiz sarchashmasi bo‘lgan kitoblarni o‘qish-o‘zlashtirishdan boshlanadi. Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 23-Zig‘ir saylov okrugidan saylangan deputat Zarifaxon Mahkamova O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tumandagi 29-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi, o‘smir-yoshlar bilan suhbatlashdi, faol o‘quvchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qildi. 

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1