Yangiliklar

#jarayon

Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

✍🏻Respublika ishchi guruhi ma'sul hodimi B. Chinazbekov va xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboyev hamda hudud deputatlari K.Xakimov, N.Niyozovlar bilan birgalikda shahar hududidagi "Barkamol avlod bolalar maktabi" hamda 4-sonli maktablarning kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganild.

🖇Tekshiruv jarayonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda maktab o‘quvchilarining  maktab to‘garaklariga jalb etilganligini va maktabdagi davomat holati bo'yicha o'rganish ishlari olib borilb, maktablarning isitish tizimlari, qozonxonalar sxemasi, tom qismi, elektr va suv ta’minoti hamda umumiy foydalanishdagi joylar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar joyida bartaraf etilmoqda. Jumladan MFYlarda joylashgan ta'lim muassasalari tekshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rildi.

Slide 1 of 6