Yangiliklar

Uzun tumanida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida

 Uzun tumanida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida

✅ Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Aliqulov Usmonali Shoto‘rayevich Madaniy turmush mahallasida joylashgan 19-sonli MTTda bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🏫 Deputat o‘rganish davomida bog‘chadagi isitish tizimi, quvurlar, elektr tarmoqlari holatini joyida ko‘zdan kechirdi.

🌀 O‘rganish jarayonida ayrim texnik nosozliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi.

📊 Deputat Aliqulov Usmonali Shoto‘rayevich ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash va bu borada doimiy deputatlik nazoratini olib borish muhimligini ta’kidladi.  

Slide 1 of 1