🗣Uzun tumanida tozalik va ozodalik oyligi boshlandi
⏺️O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublikada “Tozalik va ozodalik oyligi” e’lon qilindi.
🫥Mazkur oylik doirasida tuman Kengashi raisi Xabibulla Bozorov boshchiligida tashkilot va korxona rahbar xodimlari ishtirokida erta tongdan oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Rejaga muvofiq, tumandagi barcha mahalla va jamoat joylari, ko‘chalari tozalab, obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, fuqarolarning farovonligini oshirish va atrof-muhitni yanada go‘zallashtirish uchun targ‘ibot ishlari kuchaytiriladi.
⏺️Ushbu oylik, mahalla tizimidagi islohotlarni yanada mustahkamlash hamda jamoatchilikning faolligini oshirishga xizmat qiladi.