Yangiliklar

Yangiobodda ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda!

Xalq deputatlari Yangiobod tumani kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov, “Hayr Havotog‘” MCHJ direktori X.Qayumjonov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Hayr Havotog‘” sanatoriyasigacha bo‘lgan 5 km masofaga pavloniya ko‘chatlarini ekish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu tashabbus atrof-muhitni yaxshilash, havo sifati va tabiiy go‘zallikni oshirishga xizmat qiladi. Kelgusida bu hududda yashil yo‘lak paydo bo‘lib, tuman aholisi va mehmonlar uchun foydali ekotizim yaratiladi. 

Slide 1 of 6