#Munosabat
✍🏻2025-yil 26-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari sanoat va eksport masalalarini “respublika – tarmoq – viloyat – tuman- shahar” vertikal tizimi asosida o‘z vaqtida va to‘liq hal qilish zarurligini ta’kidladi. Agar bu tizim to‘g‘ri ishlaganida, sanoatda yana 2 foizlik o‘sishga erishish mumkinligi alohida qayd etildi.
👉🏻Bu haqiqat biz – joylardagi rahbarlar, xalq vakillari va deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Ayniqsa, tuman va shahar miqyosida ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, yosh mutaxassislar va hunarmandlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va eksport imkoniyatlarini kengaytirish bizning bevosita vazifamizdir.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati
Xakimov Kamronbek Sarvarbek o‘g‘li!