Hurmatli Madaniyat va san’at xodimlari, soha fidoyilari!
Sizlarni 15-aprel - Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
"Inson qalbining muhandislari" bo‘lmish san'at ahli, ijodkorlarga xalqimiz juda katta hurmat va ishonch bilan qaraydi. Zero, madaniyat va san’at ahli odamlarni insoniylik, ezgulikka chorlab, ular qalbida oliyjanob fazilatlar, go‘zal his-tuyg‘ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Sizlarga uzoq va barokatli umr, oilaviy xotirjamlik va baxtli turmush, kelgusi faoliyatlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!