Bugun, 27-aprel kuni Zarbdor tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid
16 ta muhim masala o‘rin oldi. Xususan:
🔹Huquq tartibot va xavfsizlik: Tuman prokuraturasi hamda IIBning 2026-yilning 1-choragi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi hisobotlari tinglandi.
🔹Iqtisodiyot va budjet: Mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi, qo‘shimcha manbalarni shakllantirish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni (Tashabbusli budjet) moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹Ijtimoiy himoya: Tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
🔹Yoshlar siyosati: Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish uchun mablag‘ ajratish masalasi tasdiqlandi.
🔹Qishloq xo‘jaligi: Suv resurslarini boshqarish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy etish hamda vegetatsiya davri uchun suv limitlarini belgilash masalalari kelishib olindi.
Sessiya yakunida deputatlar tomonidan ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.