Joriy yilning 25-fevral kuni Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati Gulshanda Bobomurodova o‘zi saylangan "Yoshlik" saylov okrugida joylashgan 12-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida bo‘lib, maskanda "Tashabbusli byudjet" mablag‘lari evaziga tom qismini taʼmirlash ishlari qanday kechayotgani bilan tanishdi. Bu borada deputat tomonidan jo‘natilgan deputatlik so‘rovidan keyingi holat o‘rganildi. Muassasasani obodonlashtirish borasida takliflar berilib, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan DMTT mutasaddilari bilan suhbatlashildi.