Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Өзбекстан Республикасы Олий Мажлиси Нызамшылық палатасының депутаты Б.Алдамуратов, Халық депутатлары Нөкис районлық кеңеси 3-санлы Шортанбай сайлаў округинен М.Оразимбетова, хәм ӨзЛиДеП Нөкис районлық Кеңеси баслығының биринши орынбасары-аппарат басшысы Қ.Исмайлов Нөкис районы «Қырантаў» АПЖ аймағында жайласқан қәнигелестирилген мектебинде болып, мектептиң жумысы, билимлендириўдиң сапасы ҳәм жаратылған шараятлар менен жақыннан танысты.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИСКЕРЛИГИНЕН
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИСКЕРЛИГИНЕН
янв.21
Нөкис районда Президент Мүрәжатнамасында белгиленген ўазыйпалардың мазмуны ҳәм әҳмийетин түсиндириўге бағышланған илаж болып өтти
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИСКЕРЛИГИНЕН
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi hamda tuman Kengashi deputatlari Beshqoʻton mahallasi ahliga murojaat qildi

 Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sherzod Shokirov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari birgalikda Beshqoʻton mahallasi fuqarolari bilan ochiq uchrashuv oʻtkazib, hududda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan murojaat qildi. Uchrashuv davomida mahalla hayotini yaxshilash, bandlikni
ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Murojaatda mamlakat miqyosida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi joylarda aniq loyihalar orqali ta’minlanayotgani ta’kidlandi. Shu asosda Beshqoʻton mahallasida ham infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qator amaliy ishlar rejalashtirilgani qayd etildi. Ichki yoʻllarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini tartibga keltirish kabi chora-tadbirlar aholining yashash sharoitini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilishi aytib oʻtildi. 

Tuman rahbari o‘z nutqida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga ham to‘xtaldi. Xususan, Dehqonobod tumani uchun ajratilayotgan kreditlarning foiz stavkalari 12 foizga tushirilgani aholi va tadbirkorlar uchun katta yengillik ekani ta’kidlandi. Bundan tashqari, mahallani rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, infratuzilmani yaxshilash hamda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha mablag‘lar ajratilgani ma’lum qilindi. 

Uchrashuv davomida mahallada parrandachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan ilgʻor tadbirkor tajribasi misol qilib keltirilib, ushbu sohani keng joriy etish orqali ko‘plab xonadonlar uchun barqaror daromad manbai yaratish mumkinligi qayd etildi. Shuningdek, hudud sharoitiga mos ravishda bodomzorlar tashkil etish tashabbusi ham ilgari surildi. Bu yo‘nalishlar kelgusida nafaqat ichki bozorni, balki eksport salohiyatini ham oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Murojaat doirasida fuqarolar ishtirokida mahalla yettiligi vakillarining faoliyati yuzasidan ma’lumotlar ham tinglandi. Tuman rahbari tomonidan mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar ochiq ko‘rsatib o‘tildi hamda ularning faoliyati qoniqarli emasligi qat’iy ta’kidlandi. Mutasaddilarga ish uslubini tubdan yaxshilash, aholi bilan manzilli ishlash va har bir murojaatni joyida hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 

Mahalla ahli ilgari surilgan reja va tashabbuslarni mamnuniyat bilan kutib oldi. Tadbir yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha masalalar sohalar kesimida mas’ul rahbarlarga yo‘naltirildi. Bu esa har bir murojaat e’tiborda bo‘lishi va mavjud muammolarni manzilli hal etishga xizmat qilishi qayd etildi.  

Slide 1 of 8