Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Өзбекстан Республикасы Президентиниң Пәрманы "Өзбекстан - 2030" стратегиясы ҳаққында
янв.21
Нөкис районы ХДП: "ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Өзбекстан Республикасы Олий Мажлиси Нызамшылық палатасының депутаты Б.Алдамуратов, Халық депутатлары Нөкис районлық кеңеси 3-санлы Шортанбай сайлаў округинен М.Оразимбетова, хәм ӨзЛиДеП Нөкис районлық Кеңеси баслығының биринши орынбасары-аппарат басшысы Қ.Исмайлов Нөкис районы «Қырантаў» АПЖ аймағында жайласқан қәнигелестирилген мектебинде болып, мектептиң жумысы, билимлендириўдиң сапасы ҳәм жаратылған шараятлар менен жақыннан танысты.
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИСКЕРЛИГИНЕН
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИСКЕРЛИГИНЕН
янв.21
Нөкис районда Президент Мүрәжатнамасында белгиленген ўазыйпалардың мазмуны ҳәм әҳмийетин түсиндириўге бағышланған илаж болып өтти
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИСКЕРЛИГИНЕН
Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyati hududlarga chiqib aholi o‘rtasida yetkazilmoqda.
O‘zbekiston yosh avlodni zamonaviy kasblar bo‘yicha sifatli ta’lim berish orqali raqobatdosh qilish uchun 2026 yildan boshlab texnikumlarni to‘liq jihozlab borishni rejalashtirgan. Har yili kamida 100 ta texnikum takomillashtiriladi. 2026 yilda 7 viloyatda, 2027 yilda esa barcha hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hamda "Kasblar shaharchasi" yo‘lga qo‘yiladi. Bunday tizimni o‘qish yuli 2026 yili 15 foizni tashkil qilgan.

Iqtidorli yoshlar - kelajak bunyodkori

Davlatning ertangi kuni yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, ta’lim tizimini rivojlantirish masalasiga hukumat darajasida e’tibor qaratilishi har bir davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi hisoblanmish Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirildi.

Xuddi shu sababdan ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’lim tizimidan islohotlarni yanada jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz. Buning uchun, 2026 yildan boshlab, har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boramiz. Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar sonini 100 taga yetkazamiz.

Bugun sizlarga yana bir yangilikni yetkazmoqchiman: 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” – maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bu tizimni mamlakatimizda uch yil oldin yo‘lga qo‘yib, o‘quvchilar qamrovini 15 foizga yetkazdik. Bugun avtomobilsozlik, “yashil” energetika, qurilish, transport, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, turizm, servis, IT kabi yo‘nalishlarda 70 mingga yaqin o‘quvchi “dual ta’lim” asosida o‘qib, oyiga 10 million so‘mgacha maosh olmoqda. Endi texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqamiz. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi; tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi; korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi" , - deb ta’kidladi Prezident.

Haqiqatan ham ilm-u salohiyatli,iqtidorli yoshlar yurt kelajagi. Zero,   Yangi O‘zbekistonni ana shunday barkamol avlod barpo etadi.

Nosirjon Egamberdiyev, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati