Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Ma'rufjon Saidov Angor tumanining "Yuqori Xujaqiya" va "Yuqori Tallashqon" maxallalarida bo'lib, mahalla yettiligining faoliyati, mahalla hududida joylashgan maktablarning sport zallari, yaratilgan shart sharoitlar, sport anjomlarining mavjudligi holati, isitish tizimining holati bilan tanishdi.
Bundan tashqari hududda aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta'minoti bilan ham tanishdi. Tashrif davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar berildi va tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi chiqarishga kelishib olindi.