Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – TARAQQIYOT VA HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – TARAQQIYOT VA HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM

Navoiy shahridagi “Umid” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Jo‘rabek Hafizov, Kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov hamda Navoiy shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Zaripov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlar atroflicha ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 7