Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Ta’lim va yoshlar masalalari — doimiy e’tibor markazida

Ta’lim va yoshlar masalalari — doimiy e’tibor markazida

Navoiy shahar hokimi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmurodovich joriy yilning 26-fevral kuni shahrimizdagi 2-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktabda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari, o‘quvchilarning sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi yutuqlari, shuningdek, ularning iqtidor va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Yoshlarning zamonaviy bilim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabning sport zallari, stadioni hamda mavjud infratuzilma obyektlari ko‘zdan kechirilib, ularni yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy talablar asosida rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur tashrif ta’lim sifatini oshirish, yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratish va ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlar izchil davom etayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 9