Barcha yangiliklar
🏫 Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati muhokama markazida
Gallery image 39239
Gallery image 39240
Gallery image 39241
Gallery image 39242
Gallery image 39243
Gallery image 39244
Gallery image 39245
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
05 May 2025
16:04

🏫 Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati muhokama markazida

 Yig‘ilishni xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi U. Xudayberdiyev va
A.Mamatmuratov olib bordi Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati va bu yo‘nalishdagi muammo hamda yechimlar atroflicha muhokama qilindi. 

Komissiya a’zolari tomonidan tumandagi bir qator bolalar bog‘chalari o‘rganilib, ularning moddiy-texnik bazasi, ta’lim-tarbiya jarayoni, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kadrlar bilan ta’minlanganligi kabi masalalar o‘rganildi. 

✅Komissiya tomonidan aniqlangan kamchiliklarnibartaraf etish, maktabgacha ta’limsifatini yanada yaxshilash, bolalarningbarkamol o‘sishi uchun munosib shart-sharoitlar
yaratish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
👥 Yig‘ilish yakunida mas’ul idora va tashkilotlarga belgilangan vazifalar yuklatildi hamda nazorat ishlari qat’iylashtirilishi belgilandi.