Barcha yangiliklar
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
Gallery image 39231
Gallery image 39232
Gallery image 39233
Gallery image 39234
Gallery image 39235
Gallery image 39236
Gallery image 39237
Gallery image 39238
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
05 May 2025
16:01

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

 “UCH AVLOD UCHRASHUVI” 

2025-yil 5-may kuni Uchquduq tumani MMTBga qarashli 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida taassurotlarga boy “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu ma’naviy uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari G.Allanova va I.Rahimovlar hamda tuman mudofaa ishlari bo‘limi vakili M.Bozorov, shoir R.Shopo‘latov, inspektor-psixolog leytenant I.Mamayasupov hamda nuroniy otaxonlar ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga tinch, mustaqil yurtimizda yashashning qadri, vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat va salohiyatli fuqaro bo‘lib voyaga yetish haqida samimiy, hayotiy suhbat uyushtirildi.