Barcha yangiliklar
“Biz chetdan kelgan har bir hamyurtimizni yurtimizda munosib hayot bilan ta’minlashga mas’ulmiz”!
Gallery image 39165
Gallery image 39157
Gallery image 39158
Gallery image 39159
Gallery image 39160
Gallery image 39161
Gallery image 39162
Gallery image 39163
Gallery image 39164
Gallery image 39166
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
05 May 2025
08:50

“Biz chetdan kelgan har bir hamyurtimizni yurtimizda munosib hayot bilan ta’minlashga mas’ulmiz”!

“Biz chetdan kelgan har bir hamyurtimizni yurtimizda munosib hayot bilan ta’minlashga mas’ulmiz”!

  

Uchquduq tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov Yo‘lchilar ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi hamrohligida, mahalliy aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlardagi muammo va takliflar bildirildi. Ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bilan ham yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur muloqot davomida ularning hayotga qayta moslashuvi, mahalliy ish o‘rinlari, tadbirkorlikka oid tashabbuslari va kundalik turmushdagi
muammolari muhokama qilindi.
 

Mehnat migratsiyadan qaytgan fuqaroning tashabbusi bilan Yo‘lchilar qo‘rg‘onida aholi uchun yozgi mavsumda muzqaymoq sotish shaxobchasi, non va non mahsulotlarini pishirish sexi va bolalar uchun o‘yingohlar tashkil etilgan. Tashabbuskorning loyihalarini tinglagan tuman rahbari qonunchilikda mavjud ko‘maklar ko‘rsatilishini aytib o‘tdi.  

“Biz chetdan kelgan har bir hamyurtimizni yurtimizda munosib hayot bilan ta’minlashga mas’ulmiz”, — dedi tuman Kengashi raisi.