Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 39067
Gallery image 39068
Gallery image 39069
Gallery image 39070
Gallery image 39071
Gallery image 39072
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
02 May 2025
15:25

Deputat mahallada

 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Saidova Dilshoda Mavlonboyevna O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PF-5700-sonli farmoni talablari ijrosi ta'minlash maqsadida Qora qo‘yli mahallasida bo‘lib, mahalla hayoti bilan tanishdi. Mahallada mavjud muammolar muhokama qilindi.  

   Bahor ko'chasida tungi yoritish chiroqlari bilan bog'liq muammolar bo‘lganligi, xozirgi kunda mahalla raisi bilan hamkorlikda 15ta tungi chiroqlar o'rnatilganligini ma’lum qilishdi. 

 Xamjixatlik ko'chasida suv ta'minoti bilan bog'liq muammolar o'rganildi. 

 O'rganish jarayonida aniqlangan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan mas'ullarga deputat so'rovi yuborish, Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish va kelgusida qilinadigan ishlar to'g'risida kelishib olindi.