Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashining VII-chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 39052
Gallery image 39053
Gallery image 39054
Gallery image 39055
Gallery image 39056
Gallery image 39057
Gallery image 39058
Gallery image 39059
Gallery image 39060
Gallery image 39061
IRISKULOV OBIDJON SAYFULLAYEVICH
02 May 2025
15:03

Xalq deputatlari Koson tumani Kengashining VII-chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik Palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisigning o‘rinbozari Tuxtashev Sherzod Azimovich hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna ishtirok etdi. 

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan Koson tuman prokurori F.Jovliyevning 2025-yilning 1-choragida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan axboroti hamda Koson tumani IIB boshlig‘i B.Mirzayevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2025-yil 1-choragida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hisoboti eshitildi. 

Deputat va tuman faollarining fikr-mulohazalari eshitildi. 

Kun tartibdagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.