Barcha yangiliklar
Bo‘stonliq tumanida mahalla raislari saylovlariga start berildi!
Gallery image 39025
Gallery image 39026
Gallery image 39027
Gallery image 39028
Gallery image 39029
Gallery image 39030
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
01 May 2025
12:26

Bo‘stonliq tumanida mahalla raislari saylovlariga start berildi!

🟢Bugun “Yoshlik” mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Bu saylov tumandagi 59 ta mahalla orasida birinchilardan bo‘lib o‘tkazildi va keng qamrovli saylovga rasmiy start berildi.

🟢Yangi tahrirdagi Qonunga ko‘ra, mahalla raislari 5 yil muddatga saylanadi. Bu o‘zgarish mahalla boshqaruvida barqarorlikni ta’minlab, uzoq muddatli rejalarni amalga oshirishga imkon yaratadi.

🟢“Yoshlik” mahallasidagi saylov ochiq va shaffof muhitda, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Nomzodlar o‘z dasturlari bilan ishtirok etib, fuqarolarning fikr-mulohazalari inobatga olindi, natijada eng munosib nomzod saylandi.