Barcha yangiliklar
"Biz korrupsiyaga qarshimiz" loyihasi doirasida.
Gallery image 38677
Gallery image 38678
Gallery image 38679
Gallery image 38680
ISMOILOV XIMOYIDDIN ABDURASUL O‘G‘LI
10 Apr 2025
14:33

"Biz korrupsiyaga qarshimiz" loyihasi doirasida.

Korrupsiya – jamiyat va millat kelajagiga xavf soluvchi qudratli bir kuchdir. Korrupsiya millat taqdirini, milliy o‘zlikni yo‘q qilib yuboradi. Yoshlarni kelajakka ishonch bilan boqishiga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 14-oktabrida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi. 2017-yil 4-yanvardan kuchga kirdi. Korrupsiyaning oldini olish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni Xalq deputatlari tuman kengashi deputati, O‘zbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi G. Shafoatova tomonidan tumandagi 1-DMTM da "Biz korrupsiyaga qarshimiz" loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida bog‘cha tarbiyachilarining fikrlari tinglandi.

 Mavjud muammolarni ijobiy hal etilganigi bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.