Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
Gallery image 38042
Gallery image 38043
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
25 Apr 2025
13:34

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova 2-Beshbuloq saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi. Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan. Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.