Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Erkenjon Yunusov saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.
Gallery image 38031
Gallery image 38032
Gallery image 38033
Gallery image 38034
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
25 Apr 2025
11:47

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Erkenjon Yunusov saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Erkenjon Yunusov 23-Chilonzor saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o‘tdi. 

 Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi. 

  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan. 

Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.