Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA FUQAROLAR YIG‘INLARI RAISLARI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO’RISHDA TUMAN DEPUTATLARI FAOL ISHTIROK ETMOQDALAR
Gallery image 37980
Gallery image 37981
Gallery image 37982
Gallery image 37983
Gallery image 37984
Gallery image 37985
Gallery image 37986
Gallery image 37987
Gallery image 37988
Gallery image 37989
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
23 Apr 2025
09:55

MIROBOD TUMANIDA FUQAROLAR YIG‘INLARI RAISLARI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO’RISHDA TUMAN DEPUTATLARI FAOL ISHTIROK ETMOQDALAR

Fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati 2025-yil may oyida tugashi munosabati bilan, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi “Mirobod tumanida Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda saylovni
tashkil etishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi
tarkibini tuzish to‘g‘risida”gi III-6-22-14-199-K/25-sonli qaroriga asosan tuman deputatlari ishtirokida, tuman komissiyasining dastlabki yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda tuman hokimi ishtirok etib, komissiya a’zolariga tashkiliy masalalarda hokimlik
tomonidan barcha sharoitlar o‘z vaqtida yaratilib berilishi, shuningdek, muammo va kamchiliklarni barvaqt bartaraf etib, mahalladagi saylovlarni o‘tkazilishida har doim yordamga tayyor ekanligini bildirdi.