Barcha yangiliklar







XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
24 Apr 2025
15:14
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi
Bugun xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida ''Toshkent viloyati suv taʼminoti'' AJ Bo'ka tuman filiali rahbari J.Saidqulovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarorining ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi navbatdagi sessiya kun tartibiga taqdim etildi.