Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha reja-jadval asosida ish olib borilmoqda.
Gallery image 37826
Gallery image 37827
Gallery image 37828
Gallery image 37829
Gallery image 37830
Gallery image 37831
Gallery image 37832
Gallery image 37833
YUSUPOV SHOXABBOS NORMATJON O‘G‘LI
24 Apr 2025
15:28

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha reja-jadval asosida ish olib borilmoqda.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 9-“Sa’diy” saylov okrugi deputati M.Jalolov tomonidan “Al-Buxoriy” mahallasi aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etilib o‘tkazildi. 

Uchrashuvda deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berilib, aholini muammolari tinglandi. 

Uchrashuvda, deputat mahalla faollari oldida saylov davridan o‘tgan vaqt ichida qilingan ishlar haqida qisqacha axborot berib o‘tdi. Jumladan,

Al-Buxoriy MFY hududida ichimlik suvi quvurini qayta ta’mirlash haqidagi deputatlik so‘rovi ijobiy hal etilgan.
 

Bundan tashqari bir nafar fuqaroni ishga joylash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va boshqa masalalarga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan
mahalla faollarining transport, mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, o‘zini o‘zi band qilish, sifatli pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi savollariga javoblar berildi hamda tegishli deputatlik nazoratiga olinishi haqida ta’kidlab o‘tildi.